
Mazkur maqolada ilmiy turizm tushunchasi, uning iqtisodiy ahamiyati va global rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ilmiy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida ilmiy turizmning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ifodalovchi model taklif etilgan hamda mamlakatda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
