
Maqolada uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish masalalari tahlil qilingan. O‘qituvchilarning pedagogik mahorat darajasi ta’lim sifatiga va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ta’siri bo‘yicha ilmiy adabiyotlar sharhi keltirilgan. O‘zbekiston tajribasi misolida pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, malaka oshirishning yangi modellari va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida pedagogik mahoratni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalar berilgan.
