
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida interfaol o‘quv metodlarining ahamiyati va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda interfaol metodlarning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shu bilan birga, interfaol metodlarning dars jarayonini qiziqarli, samarali va ishtirokchilikka boy qilishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada pedagogik adabiyotlar, amaliy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida interfaol metodlar tizimi, ularning turlari va qo‘llanilishi imkoniyatlari yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlarni darslarda qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, muammolarni hal qilish qobiliyatini va jamoaviy ish ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi.
