
Annotatsiyada oiladagi sog‘lom psixologik muhit, ota-onalarning tarbiyaviy uslublari, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan munosabatlarning bola shaxsining ijtimoiy-faollik xususiyatlariga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati doirasida oilani mustahkamlash va farzand tarbiyasini takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlarning ahamiyati qayd etiladi.
