
Ushbu maqolada maktabga ilk qadam qo‘ygan bolalarning yangi ijtimoiy va o‘quv muhitiga moslashishi (adaptatsiyasi), bu jarayonda yuzaga keladigan psixofiziologik qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktab dezadaptatsiyasining belgilari, oilaviy muhitning ta’siri va o‘qituvchining pedagogik mahorati maktabga moslashishning asosiy omillari sifatida yoritilgan.
