
Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Ayniqsa informatika fanini o‘qitish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’limni individuallashtirish imkonini beradi. Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan informatika fanini o‘qitishda foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, interaktiv o‘quv muhitini yaratish hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim platformalari, aqlli o‘quv tizimlari va virtual yordamchilarni qo‘llashning pedagogik ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarini informatika ta’limiga joriy etish o‘qitish sifatini oshirish, talabalarning qiziqishini kuchaytirish hamda zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
