
Mazkur maqolada IoT va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida suv iste’molini real vaqt rejimida bashorat qilish modelini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida suv resurslarini samarali boshqarish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Maqolada IoT sensorlari yordamida suv iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, ularni uzatish va sun’iy intellekt algoritmlari yordamida tahlil qilish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mashinaviy o‘rganish usullaridan foydalangan holda suv iste’molini prognozlash modeli ishlab chiqish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra IoT qurilmalari orqali olingan real vaqt ma’lumotlari asosida suv iste’molini aniqlik bilan bashorat qilish hamda suv resurslarini samarali boshqarish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib beriladi. Taklif etilgan model suv ta’minoti tizimlarida resurslardan oqilona foydalanish, ortiqcha sarfni kamaytirish va boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.
