
Mazkur maqolada eritmalar tushunchasi, ularning tarkibi, hosil bo‘lish jarayoni va turlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, eritmalarning eruvchanlik xossalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Eritmalarning kundalik hayot, tibbiyot, sanoat va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati misollar orqali tushuntirilgan.
