
Odam organizmidagi elementlarning miqdori atrof muhitga, organizmning holatiga, yoshiga, ish joyiga bog`liq bo`ladi. Elementlarning kimyoviy hossalarini bilgan holda organizmdagi faoliyatiga baho berishga va uning faoliyatini tushuntirishga yordam beradi. Bir guruhga kiruvchi elementlar ko`pgina holatlarda hossalari jihatidan o`xshash bo`ladi. Anashu xulosadan kelib chiqqan holatda VI guruh elementlari хrоm, mоlibdеn, vоlframning kimyoviy xossalari va biologik faoliyati ustida izlanish olib borildi.
