
Ushbu maqolada ilk bolalik davrining (1 yoshdan 3 yoshgacha) eng muhim psixofiziologik yutuqlari — nutqning jadal rivojlanishi va shaxsiy o‘zini anglash (“Men” konsepsiyasi) jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda nutqning predmetli faoliyat bilan bog‘liqligi, so‘z boyligining miqdoriy va sifat o‘zgarishlari hamda 3 yosh inqirozi orqali shaxs subyektivligining namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan yoritilgan.
