
Ushbu maqolada makroiqtisodiy barqarorlikni baholashning asosi bo‘lgan nominal va real yalpi ichki mahsulot(YaIM) ko‘rsatkichlari nazariy va amaliy tomondan tahlil qilingan. Tahlillar jarayonida iqtisodiy o‘sishni aniqlashda narxlaromili va ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlik, jumladan, inflatsiya darajasining YaIM ko‘rsatkichlariga ta’siri yoritib berilgan.Maqolada milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidagi strategik maqsadlar uchun real o‘sish sur’atining muhimligi asoslabberilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishda makroiqtisodiy indikatorlarni aniq hisoblash vatahlil qilish bo‘yicha xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan
