
ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida “yashil” transformatsiyaning mohiyati, asosiy yo‘nalishlari va uning globalhamda milliy darajadagi dolzarbligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida iqlim o‘zgarishi, yer resurslarining degradatsiyasi,suv tanqisligi va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda yashil transformatsiyaning ahamiyatiasoslab berilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi global issiqxona gazlari emissiyasining sezilarli qisminitashkil etib, mavjud resurslardan samarasiz foydalanish ekologik muammolarni yanada kuchaytirmoqda. Shu bois,resurs tejamkor texnologiyalar, raqamli qishloq xo‘jaligi (precision agriculture), qayta tiklanuvchi energiya manbalaridanfoydalanish va ekologik toza ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish zarurati ortib bormoqda. Maqolada xorijiy tajribalartahlili asosida “yashil” transformatsiyaning iqtisodiy samaradorligi, ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli va ijtimoiyahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida yerlarning sho‘rlanishi, suv resurslari tanqisligi va agrarsektorning modernizatsiya ehtiyoji nuqtai nazaridan “yashil” transformatsiyani jadallashtirish zarurligi asoslab berilgan.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashil transformatsiya qishloq xo‘jaligida raqobatbardoshlikni oshirish, eksport salohiyatinikengaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
