
Ushbu tezisda sabzavot ekinlari agrotsenozlarida uchraydigan fitonematodalarning taksonomik va ekologo-faunistik tahlili yoritiladi. Fitoparazit nematodalar mikroskopik o‘lchamlari, morfologik polimorfizmi va ekologik xilma-xilligi tufayli tasniflashda murakkab obyektlar hisoblanadi. Nematodalarni klassifikatsiya qilishda Chitwood, De Ley va Blaxter, Decraemer kabi yetakchi tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvlar asos qilib olinadi. Turlarni aniqlashda klassik morfologik diagnostika (stilet tuzilishi, labial halqa, ezofagus segmentlari, dum morfologiyasi, morfometrik indekslar) bilan bir qatorda DNK-markerlariga asoslangan molekulyar usullar ITS-rDNA, 28S rRNA va COI markerlaridan foydalanish kengaymoqda. Sabzavot ekinlari nematodalarining aniqlanishi bo‘yicha asosiy manbalar sifatida An Introduction to Nematology, Manual of Agricultural Nematology, Plant-Parasitic Nematodes: A Pictorial Key to Genera, Tylenchida Parasites of Plants and Insects kabi xalqaro qo‘llanmalar hamda Kiryanova, Paramonov va To‘laganov tomonidan yaratilgan mintaqaviy aniqlagichlar muhim hisoblanadi. Shuningdek, Nemaplex, EPPO va CABI kabi onlayn resurslar turlar bo‘yicha yangilanib boriladigan diagnostika, ekologik tavsif va tarqalish ma’lumotlarini taqdim etadi. Mazkur manbalar majmuasi sabzavot agrotsenozlarida uchraydigan nematodlarning ilmiy determinatsiyasi, tasnifi va ekologik tahlilini samarali amalga oshirish imkonini beradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
