
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish amaliyotining talabalarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘tilgan mashg‘ulot soatlarini bitiruvchilar uchun dastlabki kasbiy staj sifatida hisobga olish masalasi ilmiypedagogik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqarish amaliyotining talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘quv motivatsiyasini oshirish hamda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritib beriladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish, uning mazmunini boyitish hamda talabalarning real ish muhiti bilan yaqindan tanishishiga sharoit yaratish zarurligi asoslab beriladi. Muallif tomonidan ishlab chiqarish amaliyotini yanada samarali tashkil etish orqali talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda amaliyot soatlarini kasbiy staj sifatida hisobga olish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mazkur yondashuv bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini osonlashtirish hamda ularning bandligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
