
Ushbu maqolada Kaliforniya mustahkamlik koeffitsiyenti (California Bearing Ratio – CBR) ko‘rsatkichini laboratoriya sharoitida aniqlashning to‘liq metodologik tavsifi keltirilgan. Xalqaro standartlar (ASTM D1883, AASHTO T193) asosida CBR sinovining bosqichma-bosqich bajarilishi – jihozlar tavsifi, namuna tayyorlash, Proktor sinovi, 96 soat namlash, penetratsiya sinovi va natijalarni hisoblash tartibi batafsil yoritilgan. Maqola yo‘l qurilishi muhandislari va laboratoriya mutaxassislari uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
