
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari keng tarqalgan bo‘lib, ular organizmdagi metabolik buzilishlar, mikrotsirkulyatsiya o‘zgarishlari, immun himoyaning pasayishi hamda infeksion omillarning faollashuvi bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur mavzu qandli diabet fonida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida uchraydigan patologik o‘zgarishlarni klinik va laborator jihatdan o‘rganish, ularni erta aniqlash hamda to‘g‘ri tashxislash masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining holati, yallig‘lanish belgilarining darajasi, subyektiv shikoyatlar, glyukoza ko‘rsatkichlari, mikrobiologik va umumiy laborator tahlillar baholandi. Shuningdek, diabetning davomiyligi, og‘irlik darajasi va kompensatsiya holatining og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari rivojlanishiga ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar qandli diabetli bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini erta tashxislash, ularni differensial baholash va samarali davolash-profilaktika choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
