
Mazkur tezisda markaziy nerv tizimi faoliyatining asosiy tamoyili bo‘lgan reflektor prinsip va asab markazlarining funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Refleks yoyining tarkibiy qismlari (retseptor, afferent neyron, refleks markazi, efferent neyron va effektor) va ularning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Reflekslarning sinapslar soniga (monosinaptik va polisinaptik) hamda kelib chiqishiga (tug‘ma va orttirilgan) ko‘ra tasnifi berilgan. Asab markazlarining bir tomonlama qo‘zg‘alish o‘tkazish, qo‘zg‘alishlarning yig‘indisi, ritm transformatsiyasi, qo‘zg‘alishning keyingi ta’siri, oksigen yetishmasligiga yuqori sezuvchanlik kabi asosiy xossalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, asab markazlarida tormozlanish jarayonlarining turlari (postsinaptik, presinaptik va resiprokal tormozlanish) va ularning reflektor faoliyatdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Orqa miyada joylashgan markaziy pattern generatorlarning ritmik harakatlarni tashkil etishdagi roli, xususan V1, V2a va V2b neyron populyatsiyalarining o‘zaro ta’siri tahlil qilingan. Reflekslarning moslashuvchanligi va neyromediatorlarning bu jarayondagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda nevrologiya sohasida amalga oshirilgan kashfiyotlar, jumladan aksonlarning “marvaridlar tizmasi” shaklidagi tuzilishi va miyada yangi aniqlangan mukofot markazi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
asab markazlari, refleks, refleks yoyi, markaziy nerv tizimi, qo'zg'alish, tormozlanish, markaziy pattern generatorlar, neyron populyatsiyalari.
asab markazlari, refleks, refleks yoyi, markaziy nerv tizimi, qo'zg'alish, tormozlanish, markaziy pattern generatorlar, neyron populyatsiyalari.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
