
G‘o‘za qishloq xo‘jaligining muhim texnik ekinlaridan biri bo‘lib, uning hosildorligi ko‘plab kasalliklar ta’sirida sezilarli darajada kamayadi. Ayniqsa ildiz chirish kasalligi g‘o‘za nihollarining nobud bo‘lishiga va hosilning pasayishiga sabab bo‘ladigan eng xavfli kasalliklardan biridir. Mazkur tadqiqot ishida g‘o‘zaning ildiz chirish kasalligiga qarshi qo‘llaniladigan zamonaviy urug‘ dorilari samaradorligi tahlil qilindi. Ilmiy adabiyotlar va tajriba natijalari asosida Vitavax-T70, Vitavax-T40, Maxim, Topsin-M, Rizolex-T, shuningdek karboksin va tiram asosidagi preparatlarning biologik samaradorligi baholandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, urug‘larni fungitsidlar bilan dorilash nihollarning unib chiqish darajasini oshiradi, ildiz chirish kasalligini kamaytiradi hamda hosildorlikni sezilarli darajada ko‘paytiradi. Natijalar zamonaviy urug‘ dorilari g‘o‘za yetishtirishda muhim himoya chorasi ekanligini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
