
Global iqlim o‘zgarishi zamonaviy shahar muhitiga tobora kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi natijasida shahar hududlarida shahar issiqlik oroli hodisasi shakllanmoqda. Ushbu hodisa shahar hududlarida havo haroratining atrofdagi tabiiy yoki qishloq hududlariga nisbatan yuqori bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Mazkur tadqiqot Samarqand shahrida 2020–2025 yillar davomida kuzatilgan harorat o‘zgarishlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda oylik maksimal, minimal va o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlari asosida iqlim dinamikasi o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi besh yil davomida Samarqand shahrida o‘rtacha harorat 2,7°C ga oshgan, yozgi maksimal harorat esa ayrim davrlarda 7°C gacha ko‘tarilgan. Tadqiqot natijalari shahar issiqlik orollari hodisasining energiya tizimlari, inson salomatligi hamda tarixiy me’moriy obidalar barqarorligiga ta’sirini ko‘rsatadi
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
