
O‘zbekiston iqtisodiyotida oziq-ovqat sohasini rivojlantirishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni va strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda asosiy omil hisoblanadi. Maqolada agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, klaster tizimi, zamonaviy agrotexnologiyalar va innovatsion logistika yechimlarining oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi hamda samaradorligiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida resurslardan samarali foydalanish, qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish va qayta ishlash sanoatini kengaytirish orqali ichki bozor barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash oziq-ovqat tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
