
Mazkur maqolada muammoli ta’lim texnologiyasining o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida eksperimental va nazorat guruhlari bilan ishlanib, muammoli ta’lim metodlarining samaradorligi aniqlangan. Natijalar muammoli vaziyatlarga asoslangan ta’lim modeli o‘quvchilarning tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlash darajasini sezilarli oshirishini ko‘rsatdi.
