
Mazkur maqolada risklarni boshqarish jarayonlarining evolyutsion rivoji hamda ularning moliya bozori,xususan, sugʻurta tizimi bilan uzviy bogʻliqligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Globalizatsiya, raqamlashtirish,pandemiya oqibatlari, iqlim oʻzgarishi, geosiyosiy ziddiyatlar va demografik siljishlar sharoitida risklarning koʻpayishi vamurakkablashuvi sugʻurta institutlarining iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi rolini yanada kuchaytirmoqda.Tadqiqotda risk tushunchasining nazariy va amaliy talqinlari, ularning makro va mikroiqtisodiy darajadagi namoyon boʻlishxususiyatlari hamda sugʻurta mexanizmlari orqali risklarni kamaytirish imkoniyatlari yoritilgan. Sugʻurta bozori takrorishlab chiqarish jarayonining ajralmas elementi sifatida baholanib, uning taqsimlash va qayta taqsimlash bosqichlaridagiiqtisodiy funksiyalari asoslab berilgan.Shuningdek, sugʻurta mahsuloti va sugʻurta xizmati tushunchalari oʻrtasidagi farqlar, ularning iqtisodiy mohiyati, narxshakllanish mexanizmlari va bozor infratuzilmasidagi oʻrni tahlil qilingan. Xalqaro qayta sugʻurtalash tizimi orqalikatastrofik risklarni taqsimlash zarurati ilmiy jihatdan asoslangan.Tadqiqot natijalari sugʻurta bozorining milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi institutsional rolini kuchaytirish, risklarniboshqarishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish va sugʻurta xizmatlari sifatini oshirish boʻyicha amaliy takliflarishlab chiqish uchun nazariy-uslubiy asos boʻlib xizmat qiladi
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
