
KIRISH: nazariy mexanika bo'lajak mutaxassislarda texnik tafakkur va muhandislik fikrlashini rivojlantiruvchi tayanch fan hisoblanadi. Uni o'zlashtirish samaradorligi talabalarda barqaror motivatsiya shakllanishi bilan bevosita bog'liq. MAQSAD: nazariy mexanika fanini o'qitishda motivatsiyani to'rt darajada bosqichma-bosqich shakllantirish asoslarini asoslash va ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko'rsatish. MATERIALLAR VA METODLAR: ishda nazariy tahlil asosida nazariy mexanikaning fanlararo integrativ o'rni hamda motivatsiyani "qizdirish–insayt" mexanizmi sifatida talqin qilish yondashuvi qo'llanildi. Motivatsiyani makro–midi–mini–mikro darajalarda rejalashtirish, modul va dars darajasida muammoli vaziyatlar hamda modellashtirish elementlarini integratsiya qilish taklif etildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: makro-motivatsiya kasbga yo'nalish va mexanikaning kasbiy ahamiyatini anglashni kuchaytiradi; midi-motivatsiya fan bo'yicha barqaror qiziqishni shakllantiradi; mini-motivatsiya modul natijalarini aniq ko'rsatish orqali bosqichma-bosqich o'zlashtirishni qo'llab-quvvatlaydi; mikro-motivatsiya har bir darsda maqsad, keys va amaliy misollar orqali faollikni oshiradi. Mexanikaning real texnika va texnologiyalardagi (jumladan, tribotexnika) qo'llanilishi motivatsion resurs sifatida ta'lim mazmunini amaliy yo'naltiradi. XULOSA: motivatsiyani darajaviy va tizimli shakllantirish nazariy mexanikani ongli o'zlashtirishni kuchaytiradi va kasbiy kompetensiyalar rivojini qo'llab-quvvatlaydi. Darslarda interfaol metodlar, keys va modellashtirishni joriy etish mikro-motivatsiyani barqarorlashtirishda muhim.
makro-motivatsiya, nazariy mexanika, midi-motivatsiya, tribotexnik, mini-motivatsiya, mikro-motivatsiya, kasbiy tayyorgarlik, motivatsiya
makro-motivatsiya, nazariy mexanika, midi-motivatsiya, tribotexnik, mini-motivatsiya, mikro-motivatsiya, kasbiy tayyorgarlik, motivatsiya
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
