
Ushbu maqolada ochiq dala sharoitida yetishtirilayotgan bodring (Cucumis sativus L.) o‘simligining asosiy zambrug‘li kasalliklariga qarshi biologik himoya vositalarini qo‘llashning agrobiologik va agroiqtisodiy samaradorligi kompleks baholandi. Tadqiqot davomida Bacillus subtilis, Trichoderma harzianum va Pseudomonas fluorescens asosidagi biofungitsidlar sinovdan o‘tkazilib, ularning kasallik tarqalishi va rivojlanish intensivligini cheklash darajasi, hosildorlikka ta’siri hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlari (sof foyda va rentabellik) tahlil qilindi. Natijalar biofungitsidlar qo‘llanilgan variantlarda kasallik darajasi sezilarli kamayganini, o‘simliklarning fiziologik holati yaxshilanganini va tovarbop hosil miqdori oshganini ko‘rsatdi. Agroiqtisodiy hisob-kitoblar esa biologik preparatlar nafaqat ekologik xavfsiz, balki iqtisodiy jihatdan ham samarali himoya vositasi ekanini tasdiqladi hamda bodring yetishtirishda kimyoviy fungitsidlarga muqobil sifatida ularni keng joriy etish zarurligini ilmiy asoslab berdi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
