
Yangi bitirgan shifokorlarning kasbiy faoliyatga kirishish davri yuqori psixoemotsional zo‘riqish, mas’uliyatning keskin ortishi hamda real ish sharoitlari bilan bog‘liq murakkab moslashuv jarayoni bilan kechadi. Ushbu maqolada yosh shifokorlar orasida uchraydigan ekzistensial krizisning asosiy sabablari, namoyon bo‘lish shakllari va uning kasbiy faoliyatga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida ekzistensial krizisni yengillashtirishga qaratilgan amaliy va psixologik yechimlar taklif etiladi.
