
Ushbu maqolada korxonalarda pul oqimlarini boshqarish samaradorligi va moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagio‘zaro bog‘liqlik nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi operatsion, investitsion vamoliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimlarini muvofiqlashtirish darajasining korxonaning to‘lovga qobiliyati, likvidligi hamdaqisqa va uzoq muddatli moliyaviy barqarorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Maqolada pul oqimlari harakati dinamikasi,pul oqimlarining yetarliligi, sof pul oqimi, joriy likvidlik, moliyaviy mustaqillik va qarz yuklamasi kabi ko‘rsatkichlar tizimiasosida tahliliy yondashuv taklif etiladi. Shuningdek, byudjetlashtirish, kassa uzilishlarini oldindan prognozlash, debitor vakreditor qarzdorlikni boshqarish, xarajatlar vaqtini optimallashtirish hamda pul oqimlari monitoringini raqamlashtirishningkorxona barqarorligiga ta’siri yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari pul oqimlarini rejalashtirish sifati oshgani sari korxonaningmoliyaviy tavakkalchiligi pasayishi, to‘lov intizomi mustahkamlanishi hamda investitsion qarorlar qabul qilish imkoniyatlarikengayishini ko‘rsatadi. Maqola transport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun moliyaviy boshqaruvbo‘yicha amaliy-analitik tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
