
Mazkur maqolada o‘zbek izohli lug‘atlarida taqlid birliklarining semantik tasnifi hamda ularni izohlash usullari lingvistik va leksikografik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Taqlid birliklari tilning fonosemantik qatlamiga mansub bo‘lib, tabiat tovushlari, harakat, holat va hissiy ifodalarni bevosita aks ettirish xususiyatiga ega. Maqolada taqlid so‘zlarning semantik guruhlari, ularning nutqdagi funksional xususiyatlari hamda izohli lug‘atlarda berilish prinsiplari yoritiladi. Shuningdek, izoh berish jarayonida semantik aniqlik, uslubiy belgilash, fonetik variantlar va kontekstual misollarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari taqlid birliklarini leksikografik jihatdan mukammal ifodalash til boyligini tizimli aks ettirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
