
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining nazariy asoslari hamda uni amaliyotga joriy etishda tijorat banklarining transformatsion roli tahlil qilinadi. Global iqlim o‘zgarishi, ekologik xavflarning kuchayishi va resurslar cheklanganligi sharoitida iqtisodiy o‘sishni ekologik barqarorlik bilan uyg‘unlashtirish zarurati ortib bormoqda. Tadqiqotda yashil iqtisodiyotning mazmuni, tamoyillari va barqaror rivojlanish maqsadlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilib, tijorat banklarining yashil kreditlash, ESG (Environmental, Social, Governance) mezonlarini integratsiya qilish, yashil obligatsiyalar chiqarish hamda iqlimiy risklarni boshqarish orqali iqtisodiy transformatsiyaga ta’siri asoslab beriladi. Shuningdek, bank sektorining ekologik loyihalarni moliyalashtirishdagi institutsional imkoniyatlari va risk-menejment mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston bank tizimi misolida yashil moliyalashtirishni kengaytirish istiqbollari hamda transformatsion bank modelini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishning muhim drayveriga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
