
So‘nggi yillarda mintaqalarning barqaror iqtisodiy rivojlanishida investitsiya oqimlari hamda tashqi iqtisodiyaloqalar muhim strategik omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish,infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishningasosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy aloqalar eksport-import operatsiyalari orqalimintaqaning jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv darajasini ifodalaydi hamda uning raqobatbardoshligini belgilovchimuhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda mintaqaning investitsiya oqimlari va tashqi iqtisodiy aloqalario‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekonometrik modellashtirish usullari asosida kompleks tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonidakorrelyatsion tahlil, ko‘p omilli regressiya modeli hamda vaqt qatorlari asosida prognozlash usullari qo‘llanildi. Ekonometrikmodelga yalpi hududiy mahsulot, eksport va import hajmi, inflyatsiya darajasi, valyuta kursi hamda investitsiyako‘rsatkichlari kabi muhim makroiqtisodiy omillar kiritildi. Tadqiqot natijalari mintaqaviy iqtisodiy siyosatni shakllantirish,investitsiya muhitini takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliytavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
