
Mazkur tezisda Oʻzbekistonda kreativ iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirishning dolzarbligi, institutsional-huquqiy asoslari hamda iqtisodiy samaradorligi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Kreativ iqtisodiyot bilim, innovatsiya va intellektual kapitalga tayangan holda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi sektor sifatida milliy iqtisodiyotning tarkibiy transformatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Xizmatlar sektorining kengayishi, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda yoshlar salohiyatining ortishi kreativ loyihalarning iqtisodiy ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Tezisda kreativ klasterlarni shakllantirish, startap ekotizimini rivojlantirish, raqamli platformalar orqali mahsulot va xizmatlarni tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan soliq imtiyozlari, grantlar va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, kreativ iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
