
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yetuk vakili Ahmad A’zam ijodida obraz yaratish masalasi tahlil qilinadi. Adibning “Odamning olasi”, “Almisoqdan qolgan Karim”, “Noinsof Muso” hikoyalari asosida qahramon xarakterining shakllanishi, ularning ruhiy kechinmalari hamda ijtimoiy muhit bilan munosabati yoritib beriladi. Yozuvchining psixologik tahlilga asoslangan badiiy uslubi, hayotiy detallar orqali obraz xarakterini ochish mahorati ilmiy-ommabop tarzda izohlanadi. Tadqiqot jarayonida Ahmad A’zam hikoyalaridagi qahramonlar nafaqat individual shaxs sifatida, balki jamiyatdagi muayyan axloqiy va ma’naviy holatlarning badiiy timsoli sifatida baholanadi. Tadqiqot adib ijodini o‘rganishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
