
Mazkur maqolada zamonaviy globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida axborot makonida yuzaga kelayotgan psixologik tahdidlar ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot oqimining tezligi va nazoratsizligi shaxs ruhiy holati hamda jamiyat barqarorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar statistik ma’lumotlari asosida axborot bosimining global ko‘lami ochib berilib, O‘zbekistonda axborot manipulyatsiyalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etiladi. Maqolada axborot madaniyatini yuksaltirish va psixologik barqarorlikni mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
