
Tish kariesi bugungi kunda global miqyosda eng keng tarqalgan stomatologik kasalliklardan biri bo‘lib, aholi salomatligiga, hayot sifatiga va sog‘liqni saqlash tizimi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ilmiy maqolada tish kariesi profilaktikasida individual va professional gigiyena tadbirlarining samaradorligi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Individual gigiyena vositalari, jumladan, tishlarni mexanik tozalash, ftorli pastalardan foydalanish, og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish eritmalari va ovqatlanish odatlarining ahamiyati ilmiy nazariy nuqtayi nazardan yoritiladi. Shu bilan birga, professional gigiyena tadbirlari — stomatologik tozalash, ftor profilaktikasi, fissura germetikasi va profilaktik ko‘riklarning karies rivojlanishiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholanadi. Ilmiy maqolalar va dissertatsiya ishlarida keltirilgan natijalarga ko‘ra, individual va professional gigiyena choralari uyg‘unlashgan holda qo‘llanilganda karies tarqalish darajasi sezilarli darajada kamayadi. Tadqiqot natijalari kariesning oldini olishda faqat davolash emas, balki tizimli profilaktik yondashuv ustuvorligini asoslab beradi. Ushbu maqola stomatologlar, tibbiyot talabalari va jamoat salomatligi mutaxassislari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
tish kariesi, profilaktika, individual gigiyena, professional gigiyena, ftor, stomatologiya, og'iz bo'shlig'i, plak, epidemiologiya, salomatlik, tish tozalash, oldini olish
tish kariesi, profilaktika, individual gigiyena, professional gigiyena, ftor, stomatologiya, og'iz bo'shlig'i, plak, epidemiologiya, salomatlik, tish tozalash, oldini olish
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
