
Mazkur maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida bolalarning media iste’molini nazorat qilish masalasi oilaviy tarbiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar, internet va smartfonlarning bolalar ongiga ta’siri, nazoratsiz axborot oqimining salbiy oqibatlari hamda mediasavodxonlikning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda bolalar uchun xavfsiz media muhitini shakllantirishga qaratilgan davlat tashabbuslari va xalqaro tajribalar qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada bolalarning media iste’molini cheklash emas, balki ongli boshqarish, muqobil milliy kontentni rivojlantirish va oilaviy muhitda tanqidiy fikrlashni shakllantirish eng samarali yo‘l ekanligi asoslab beriladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
