
Mazkur maqolada arab davlatlari matbuotida tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralar haqidagi xabarlarning tematik, leksik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy davlat tashriflari, ko‘p tomonlama uchrashuvlar, xalqaro vositachilik va tinchlik muzokaralari hamda iqtisodiy va savdo muzokaralari kabi asosiy tematik guruhlar ajratib ko‘rsatiladi. Arab ommaviy axborot vositalarida mazkur voqealar qanday diskursiv strategiyalar orqali yoritilishi, diplomatik tilning o‘rni, rasmiylik va emotsionallik o‘rtasidagi muvozanat masalalari ochib beriladi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni – Eron munosabatlari, Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi tashriflar va iqtisodiy hamkorlikka oid misollar asosida arab matbuotining geosiyosiy jarayonlarni aks ettirish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari arab matbuotida diplomatik xabarlar nafaqat axborot berish, balki mintaqaviy va global siyosiy jarayonlarni talqin qilish hamda jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida xizmat qilishini ko‘rsatadi
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
