
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan resurs soliqlarining amaldagi ma’murchilik tizimi tahlil qilinib, uni takomillashtirish istiqbollari Buxoro viloyati misolida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hududiy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni va ularni undirish mexanizmlarining samaradorligi baholangan. Shuningdek, soliq bazasini aniqlashdagi muammolar, soliq intizomiga ta’sir etuvchi omillar hamda resurs soliqlari ma’murchiligida raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini takomillashtirishda integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish, risk-tahlil asosidagi soliq nazoratini kengaytirish va yuridik shaxslarning soliq savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Maqolada ilgari surilgan ilmiy-amaliy takliflar resurs soliqlarining fiskal samaradorligini oshirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
