
Mazkur maqolada buyuk hanafiy faqihi Burhoniddin Margʻinoniyning fiqhiy qarashlarida normativlik va moslashuvchanlik masalasi Al-Hidoya asari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda islom huquqining qat’iy qoidalari (normativlik) bilan hayotiy sharoitlar, zamon va makon omillariga moslashish (moslashuvchanlik) o‘rtasidagi muvozanat Margʻinoniy fiqhiy metodologiyasi misolida yoritiladi. Asarda muallifning Qur’on, sunnat, ijmo‘ va qiyosga tayangan holda hukm chiqarishi, zarurat va urf-odat omillarini inobatga olishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, “Al-Hidoya”dagi muomala, ibodat va jinoyat huquqiga oid masalalar orqali fiqhning faqat nazariy emas, balki amaliy va hayotiy xarakterga ega ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Margʻinoniy fiqhining normativ barqarorlikni saqlagan holda moslashuvchan yondashuvni ta’minlaganini ochib beradi hamda ushbu merosning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini asoslaydi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
