
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida qo‘llaniladigan sintaktik figuralarning idrok qilinishi masalasi qiyosiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda anafora, epifora, parallelizm, inversiya, gradatsiya kabi asosiy sintaktik figuralarning tuzilishi, semantik va pragmatik xususiyatlari hamda ularning o‘quvchi va tinglovchi ongida hosil qiladigan emotsional-estetik ta’siri o‘rganiladi. O‘zbek va ingliz badiiy matnlari asosida olib borilgan tahlillar orqali mazkur figuralarning har ikki tilda idrok etilishidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Shuningdek, sintaktik figuralarning milliy-madaniy tafakkur, nutq ritmi va stilistik ta’sir kuchiga bog‘liqligi yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, stilistika va tarjimashunoslik sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
