
Mazkur tadqiqotda budjet siyosati makroiqtisodiy tartibga solishning muhim vositasi sifatida ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilingan. Ishda budjet tushunchasining iqtisodiy va huquqiy mohiyati, budjet munosabatlariga institusional yondashuv hamda hududiy moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda budjet siyosatining о‘rni yoritilgan. Xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari asosida budjetlararo munosabatlar, mahaliy budjetlar mustaqilligi, budjet intizomi va xarajatlar samaradorligi masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, budjet siyosatini amalga oshirish modellari, daromad va xarajatlar ustuvorligi, moliyaning qayta taqsimlash funksiyasi hamda ijtimoiy adolatni ta’minlash mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida budjet siyosatini shakllantirishning maqsadlari, vazifalari va uni takomillashtirish yо‘nalishlari belgilab berilgan. Olingan xulosalar hududiy budjet siyosatini takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
