
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Cho‘lpon ijodida aks etgan adolat, tartib-intizom va insonparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Shoir asarlarida ilgari surilgan mazkur g‘oyalarning bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti va ichki ishlar tizimi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etayotgan qonun ustuvorligi, jamoat xavfsizligi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillari bilan ma’naviy uyg‘unligi asoslab beriladi. Maqola ichki ishlar tizimi xodimlarining kasbiy ma’naviyati va huquqiy ongini yuksaltirishda Cho‘lpon merosining ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
