
Ushbu ishda jismoniy tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning shaxs kamolotiga ta’siri va strategik yo‘nalishlari yoritilgan. Jismoniy tarbiyaning bosh maqsadi — har tomonlama rivojlangan, sog‘lom, ma’naviy yetuk va vatan mudofaasiga tayyor bo‘lgan shaxsni shakllantirishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun tizimli ravishda sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
