
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy moliyaviy boshqaruvda sun'iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimlarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va kelajakdagı rivojlanish tendensiyalari tahli qilinadi. Tadqiqotda sun'iy intellekt texnologiyalarining moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishdagi o‘rni, avtomatlashtirilgan tizimlarning tarkibiy qismlari, ishlash algoritmlari va moliyaviy natijalarga ta'siri chuqur o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston moliyaviy institutlarida bunday tizimlarni joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari, duch kelingan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari keltirilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt asosidagi tizimlarning moliyaviy risklarni kamaytirish, operatsion samaradorlikni oshirish va strategik qarorlar qabul qilish sifatini yaxshilashdagi samaradorligini ilmiy asoslaydi.
