
Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga ta'siri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
