
Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari sohaviy kesimda tahlil qilinadi. Tadqiqot DXShning xavfsizlik sohasidagi qo‘llanish chegaralarini aniqlash, “davlatning eksklyuziv vakolati” saqlanadigan funksiyalar bilan xususiy sektor samarali jalb qilinishi mumkin bo‘lgan xizmatlar va infratuzilmalarni farqlashga qaratilgan. Xususan, videokuzatuv va “Safe City” infratuzilmasi, yoritish va transport xavfsizligi tizimlari, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va xabardor qilish platformalari, xususiy qo‘riqlash va ob’ekt xavfsizligi, kiberxavfsizlik hamda servis-logistika xizmatlari kabi yo‘nalishlarda DXShning institutsional modeli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sohaviy DXSh loyihalarida risklarni taqsimlash, shartnomaviy dizayn, KPI/SLA asosidagi natijadorlik mezonlari, davlat nazorati, ma’lumotlar himoyasi va korrupsiyaga qarshi komplaens kabi huquqiy va boshqaruv masalalari yoritiladi. Xulosa qismida jamoat xavfsizligi yo‘nalishlarida DXShni samarali joriy etish uchun konseptual takliflar hamda amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
