
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili Hamid Olimjon dostonlarida qo‘llangan so‘zlarning leksik-grammatik xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shoir ijodiga xos bo‘lgan badiiy til vositalari, xususan, matn qismlarini o‘zaro bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etuvchi kesimlik shakllarining funksional imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, dostonlarda uchraydigan takrorlar, zamon va makonni ifodalovchi leksemalarning qo‘llanilishi orqali badiiy matnning semantik yaxlitligi va ichki uyg‘unligi ta’minlanishi yoritiladi. Mazkur til birliklari shoirning badiiy mahoratini, tasviriy vositalardan samarali foydalanish uslubini hamda o‘zbek tilining ifoda imkoniyatlari nihoyatda boy va rang-barang ekanini namoyon etadi. Maqola Hamid Olimjon dostonlari tilini o‘rganishda leksik va grammatik birliklarning o‘zaro munosabatini aniqlashga xizmat qiladi hamda o‘zbek badiiy matn lingvistikasi uchun muhim ilmiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
