
Tezis qalqonsimon bez autoimmun kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning qalqonsimon bez funksional holatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda laborator diagnostika (TSH, T3, T4, anti-TPO, anti-TG, TRAb) va ultratovush tekshiruvi natijalari tahlil qilinadi. Hashimoto tiroiditi bemorlarida gipotiroidizm belgilariga mos yuqori anti-TPO va anti-TG antitanalari, Graves kasalligi bemorlarida esa gipertiroidizm va TRAb antitanalarining ko‘tarilishi kuzatiladi. Natijalar qalqonsimon bez funksional holati va autoimmun jarayon o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari bemorlarni erta aniqlash, individual davolash strategiyasini ishlab chiqish va kasallik asoratlarini oldini olishda amaliy ahamiyatga ega.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
