
So‘nggi yillarda xalqaro reyting agentliklari tomonidan O‘zbekistonning suveren kredit reytingini baholashda makroiqtisodiy barqarorlik, fiskal intizom, tashqi qarz dinamikasi va institutsional islohotlar darajasi asosiy mezon sifatida ko‘rilmoqda. S&P Global Ratings, Moody’s va Fitch reyting agentliklari mamlakatning iqtisodiy liberallashuv jarayonlari, energetika tariflarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, budjet boshqaruvi shaffofligini oshirish hamda oltin-valyuta zaxiralari hajmining kengayishini ijobiy baholamoqda. Xususan, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligi, investitsiya faolligining yuqoriligi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va qarz portfelining nisbatan qulay tuzilmasi reytingning yaxshilanishiga xizmat qilgan asosiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, tashqi qarzning o‘sib borishi, to‘lov balansidagi taqchillik va global geoiqtisodiy xatarlar reyting barqarorligiga bosim o‘tkazuvchi omillar bo‘lib qolmoqda.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
