
Mazkur maqolada Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) tizimida muhim o‘rin egallagan 85-guruh tovarlarining tasnifiy xususiyatlari hamda ularning TIF TN kodini aniqlash jarayonining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida elektr mashinalari, elektron uskunalar va ularning qismlarini to‘g‘ri tasniflashda asos bo‘ladigan mezonlar, jumladan tovarning funksional vazifasi, texnik xususiyatlari, konstruktiv tuzilishi va hujjatlashtirish talablari o‘rganildi. Shuningdek, bojxona amaliyotida uchraydigan tasniflashdagi xatolar va ularni bartaraf etishda bojxona ekspertizasining roli yoritib berildi. Maqola natijalari 85-guruh tovarlari bo‘yicha TIF TN kodini aniqlashda ilmiy yondashuvni kuchaytirish, bojxona nazoratini takomillashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
