
Ushbu maqolada marketingda ta’sir etish mexanizmlarining asosiy xususiyatlari va ularning iste’molchilarning xatti-harakatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Marketing kommunikatsiyalarida qo‘llaniladigan vositalar – reklama, shaxsiy savdo, PR, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing, raqamli kanallar orqali xabar yetkazish orqali qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatiladi. Maqolada ta’sir etishning psixologik omillari (motivatsiya, e’tiqod, hissiyot), vizual va verbal elementlarning roli, auditoriyaga moslashtirish va brendga bo‘lgan ishonchni shakllantirish kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi.
