
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning fuqarolik-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Iste'molchi tushunchasi, uning huquqiy maqomi hamda iste'molchilar bilan sotuvchi (ijrochi) oʻrtasida vujudga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning oʻziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, iste'molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, Fuqarolik kodeksi va maxsus qonun normalari, hamda xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan. Ishda iste'molchilarning asosiy huquqlari, ularni ta'minlash mexanizmlari, huquqlar buzilganda qoʻllaniladigan fuqarolik-huquqiy himoya usullari hamda sotuvchi va xizmat koʻrsatuvchilarning fuqarolik-huquqiy javobgarligi masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari, sudgacha va sud orqali huquqlarni himoya qilish tartiblari, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash masalalari yoritib berilgan. Mazkur tadqiqot natijalari iste'molchilar huquqlarini amaliy jihatdan samarali himoya qilish, shuningdek, fuqarolik huquqi normalarini toʻgʻri qoʻllashda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Iste'molchi, iste'molchilar huquqlari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, tovar (ish, xizmat) sifati, shartnoma majburiyatlari, sotuvchi va ijrochi javobgarligi, zarar va ma'naviy zarar, sud himoyasi, davlat nazorati.
Iste'molchi, iste'molchilar huquqlari, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, tovar (ish, xizmat) sifati, shartnoma majburiyatlari, sotuvchi va ijrochi javobgarligi, zarar va ma'naviy zarar, sud himoyasi, davlat nazorati.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
